Ответы на вопрос:
Said Ahmad "Ufq"
Qalin daraxtlarga burkangan katta hovlining etak tarafida yangigina shuvoqdan chiqqan uy-dahliz, oldi ayvon. Hovli o'rtasida atrofidan ariq aylanib o'tadigan supa. Ariq bo'ylarida rayhonlar qulf urib yashnab turibdi. Suvi qochibqoqiga aylana boshlagan suxan o'rik tagi bilan bitta bo'lib to'kilgan.
Ernest Seton-Tompson "Yovvoyi yo'rg'a"
Yangi uy eskisisidan bir chaqirimcha pastda, o'tloqlar bo'ylab yoyilib oqayotgan daryo bo'yidagi jarlikda joylashgan. Yangi uyni qoyalar o'rab turibdi, uy oldida qayin bilan tog'terak ildizlari o'zaro chirmashib yotibdi. Uyga kiraverishda ikkita ulkan xarsangtosh turibdi.
G'afur G'ulom "Shum bola"
Hammayoq achimsiq, ko'zni achitadigan hidga to'lgan edi. Yuqorida miyona ro'zg'orning samovari, o'rtacha bir kir samovar qaynab turar edi. Yerdan ikki qarichcha ko'tarilgan so'rida olti kishi davra qurib o'tiribdi. O'rtada manqaldonda olov, olov atrofida siniq-mertik choynaklardan uch-to'rttasi terilgan. Ko'chada allaqachon quyosh chiqqan bo'lishiga qaramay, bu yerdagi shishasi qoraygan yettinchi chiroq pilpillab yonmoqda. Ko'cha tomonga ochilgan tuynuklarga yopishtirilgan yog'lik qog'ozlardan sarg'ish nur g'ira-shira kirmoqda.
Популярно: Другие предметы
-
9156612755tana22.01.2022 17:56
-
Mashavicks24.01.2022 14:09
-
Krikaiz30.08.2020 08:55
-
rozettak09.03.2020 04:14
-
Albinamuratshaeva9626.03.2023 00:28
-
Надюша1305200227.03.2021 22:27
-
Response2105.04.2023 02:00
-
ЕгорРябцев12.10.2020 08:45
-
999999апро29.11.2021 11:25
-
kiscaki26.05.2020 12:08